Realme Narzo 90 smartfonining texnik xususiyatlari ma’lum qilindi

8-dekabr 2025 17:53 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Realme Narzo 90 smartfonining texnik xususiyatlari ma’lum qilindi / Foto: 91mobiles

Realme kompaniyasi o‘rta narx segmentidagi yangi modeli – Realme Narzo 90’ni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda GSM Arena ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Realme Narzo 90 6 GB operativ xotira va 128 hamda 256 GB ichki xotira variantlariga ega bo‘ladi. Qurilmaning apparat platformasi MediaTek Dimensity 7300 protsessoriga asoslangan. Batareya quvvati 6500 mAh bo‘lib, 80 Vt quvvat bilan tezkor zaryadlash imkoniyati mavjud.

Asosiy kamera sensori 50 MP aniqlikda suratga olish imkonini beradi. Qurilmaning OLED ekran paneli 6,78 dyuym o‘lchamda bo‘lib, Full HD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega. Qurilma apelsin rang variantida ishlab chiqilgan bo‘lib, dizayni bilan iPhone 17 pro max’ni eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 7200 mA/soat batareyaga ega Realme Neo 7 Turbo AI Edition taqdim etilgan edi.

Shuningdek