Ertalabki nonushta: Avokado va tuxumli tost

10-dekabr 2025 07:44 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: 1000menu

Ertalabki ovqat kuch va energiya beradi, shu sababli mazali hamda foydali bo‘lgan avokado va tuxumli tost nonushta uchun ajoyib tanlovdir. Avokadoning vitaminga boy tarkibi, tuxumning to‘yimliligi va pishloqning yumshoq ta’mi birlashib, juda sodda, lekin mazali taom hosil qiladi.

Kursiv Uzbekistan salqin tongda issiq nonushta bilan mehmoningiz bo‘ladi.

Masalliqlar

MasalliqMiqdori
Avokado1 dona
Tuxum2 dona
Tvorogli pishloq60 g
Tuz0,5 choy qoshiq
Quritilgan qalampir (paprika)0,5 choy qoshiq
Qora murch0,5 choy qoshiq
Limon sharbatiYarim limondan
Toster yoki baton noni2 dona
O‘simlik yog‘i30 ml

Tayyorlash jarayoni

1-bosqich. Nonni tayyorlash
Tost nonini tosterda yoki quruq tovada yengil qizartirib olasiz.

2-bosqich. Tuxumni pishirish
Yog‘ qizigan tovaga tuxumni ehtiyotkorlik bilan soling. Sarig‘i biroz suyuq qoladigan darajada pishiring.

3-bosqich. Avokadoni kesish
Avokadoni ikkiga bo‘ling, danagini olib tashlang, po‘stini tozalab, bo‘laklarga ajrating.

4-bosqich. Tostni yig‘ish
Non ustiga tvorogli pishloq surtib, avokado bo‘laklarini tering. Tuz, paprika va limon sharbati sepib chiqasiz.

5-bosqich. Yakuniy bosqich
Ustiga qovurilgan tuxumni qo‘ying va qora murch seping. Issiq holda xizmat qiling.

Eslatmalar

  • Tuxum sarig‘ini suyuq qoldirish tostning mazasini ochadi.
  • Avokadoni limon sharbatiga botirish uni qorayishdan saqlaydi.
  • Istasangiz ko‘kat, kunjut yoki chili sepsa ham bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!

Shuningdek