Prezident FIA rahbarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

eʼlon qilindi
Mamlakatimizda avtosportni ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun
Prezident FIA rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev FIA rahbari Muhammad bin Sulaymga O‘zbekistonda avtosportni xalqaro standartlarga muvofiq ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordenini topshirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan FIA prezidenti boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. Uchrashuvda delegatsiya tarkibida FIA Senati prezidenti Karmelo Sans de Barros hamda mobillik va turizm bo‘yicha vitse-prezidenti Tim Shirman ham ishtirok etdi.

Foto: President.uz

Muloqot davomida O‘zbekistonda avtomobil sportining kartingdan tortib «Formula» poygalarigacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish muhimligi qayd etildi. FIA universiteti imkoniyatlaridan foydalanib, o‘zbekistonlik poygachilar, karting haydovchilari, muhandislar va mexaniklarni tayyorlash, zamonaviy avtosport infratuzilmasini yaratish va xalqaro musobaqalarni, xususan «Formula-1» bosqichlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2019-yildan buyon federatsiyaning faol a’zosi hisoblanadi. Bu yilgi tadbir doirasida 12-dekabr kuni «Humo Arena»da eng namunali sportchilar va jamoalarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, kelgusi yillarda 21 ming km yo‘lni qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek