Sirdaryodagi IES uchun Yaponiyadan yangi rotor olib kelindi

eʼlon qilindi
Rotorni o‘rnatish va sinov-sozlash ishlari taxminan bir oy davom etadi
Sirdaryodagi IES uchun Yaponiyadan yangi rotor olib kelindi
Sirdaryodagi IES uchun Yaponiyadan yangi rotor olib kelindi / Foto: Uzbekistan Airports

Sirdaryodagi issiqlik elektr stansiyasi (IES) uchun Yaponiyadan yangi rotor olib kelindi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi 1500 MVt quvvatli IESning 2-sonli gaz turbinasida nosozlik aniqlangach, uni tiklash uchun Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi qisqa muddatda yangi rotor tayyorladi.

Video: Energetika vazirligi

Xabarga ko‘ra, 114 tonnalik uskuna 8-dekabr kuni maxsus reys orqali Toshkentga yetkazildi va to‘g‘ridan to‘g‘ri stansiya hududiga olib borildi. Rotorni o‘rnatish va sinov-sozlash ishlari taxminan bir oy davom etadi. Shu vaqt ichida quvvat yetishmovchiligini qoplash uchun zaxira bloklar ishlatiladi.

Hozirgi bulutli ob-havo sababli quyosh stansiyalarida ishlab chiqarish kamaygan. Shu bois vazirlik iste’mol ko‘payadigan paytlarda, asosan 17:00–21:00 oralig‘ida, qisqa muddatli elektr uzilishlari kuzatilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq 2026-yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari boshqaruvi investorlarga berilishi xabar qilingandi. Shuningdek, 2027-yilda esa Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlar uchun taklif qilinadi.

Shuningdek