Leonardo Di Kaprio 2025-yilning eng yaxshi aktyori deb topildi

10-dekabr 2025 11:32 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Yangiliklar muharriri a.ten@kursiv.media
Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Leonardo Di Kaprio 2025-yilning eng yaxshi aktyori deb topildi / Foto: The Independent

Leonardo Di Kaprio Time jurnali tomonidan 2025-yilning eng yaxshi aktyori sifatida e’tirof etildi. Aktyor juda muvaffaqiyatli karyera qurgan bo‘lib, ko‘plab tengdoshlarining faqat orzu qilishi mumkin bo‘lgan yutuqlarga erishgan, deb yozadi jurnal.

Di Kaprio Time’ga bergan intervyusida yaqinda suratga olingan «Jangdan jangga» filmidagi ishtirokini qayd etdi va filmning hozirgi notinch davrda tomoshabinlar qalbida iliqlik uyg‘otishini ta’kidladi.

Foto: Deadline

«Bu film dunyoda o‘z fikrini aytish yoki qandaydir pozitsiyani himoya qilishga jur’at etolmaydigan odamlar haqida hikoya qiladi, chunki bu dunyo qo‘rquvga to‘la», – deydi aktryor.

Nashrda, shuningdek, striming-platformalar davrida Di Kaprio o‘ziga xos yulduzga aylangani, rollarni ehtiyotkorlik bilan tanlashi va prodyuser sifatida ishlashi tufayli bu darajaga erishgani ham qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Leonardo Di Kaprio 51 yoshda bo‘lib, u 50 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Kinosanoatdagi uzoq yillik faoliyati davomida «Oskar», «Oltin globus», «Bafta», «Kumush ayiq» hamda boshqa ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik mashhur aktyor Tom Kruz kinematografiyaga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy Oskar mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Shuningdek