Qo‘biz yasash va ijro etish san’ati YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi

eʼlon qilindi
YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga
Qobiz yasash va ijro etish san’ati YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi
Qo‘biz yasash va ijro etish san’ati YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi / Foto: UNESCO

YUNESKO Nomoddiy madaniy meros qo‘mitasining 20-sessiyasida qo‘biz yasash va ijro etish san’ati rasmiy ravishda Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda YUNESКOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Qoraqalpog‘istonning boy madaniy merosi hisoblangan qo‘biz va jirav ijrochilik an’anasi so‘nggi yillarda ustalar kamaygani va yoshlar orasida yetarli qiziqish bo‘lmagani sabab xavf ostida qolayotgan edi.

Shu sabab YUNESKO O‘zbekiston Madaniyat vazirligi bilan birga ushbu merosni o‘rganish, hujjatlashtirish va targ‘ib qilish bo‘yicha ishlar olib bordi.

Video: YUNESКOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Jarayon haqida maxsus hujjatli film ham suratga olingan bo‘lib, uni youtube.com havolasi orqali tomosha qilish mumkin.

Bundan oldin rubob yasash va chalish san’ati YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgandi. Unga ko‘ra, qo‘mita rubobni Markaziy, Janubiy va Janubiy-G‘arbiy Osiyodagi eng qadimiy cholg‘u asboblaridan biri sifatida tan oldi. Shuningdek, rubob xalqlarni birlashtiruvchi omil bo‘lib, madaniy hamjihatlik va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishi e’tirof etildi.

Shuningdek