YTB Fors ko‘rfazi kapitalini Markaziy Osiyoga yo‘naltiruvchi platforma yaratdi

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) Abu-Dabidagi xalqaro moliyaviy markaz (Abu Dhabi Global Market) hududida o‘z vakolatxonasini ochdi. Bu haqda ma’lumotlar Kursiv’ga ma’lum qilindi.
Yangi ofis Fors ko‘rfazi davlatlari (GCC) investorlarini Markaziy Osiyodagi infratuzilma va barqaror rivojlanish loyihalari bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan investitsion platformaning asosiy qismi bo‘ladi.
Bank boshqaruv raisi Nikolay Podguzovning aytishicha, platforma Fors ko‘rfazi kapitali va Markaziy Osiyo imkoniyatlari o‘rtasida investitsion magistral yaratishga xizmat qiladi. ADGM bosh direktori Salem Al-Darei ham ushbu tashabbus Abu-Dabining global investitsion markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamlashini ta’kidladi.
Platformaning asosiy yo‘nalishlari
Platformada Markaziy Osiyo infratuzilmasini moliyalashtiradigan kredit fondi ishga tushiriladi. Fond ADGM yurisdiksiyasida ro‘yxatdan o‘tadi va GCC investorlariga xavfsiz, tartibga solingan investitsion mexanizm taklif etadi.
— YeATB diversifikatsiyalangan loyihalar portfelida hamkor-investor sifatida ishtirok etadi.
Oxirgi besh yilda Markaziy Osiyo va GCC o‘rtasidagi savdo hajmi 4,2 barobar, investitsiyalar esa 1,8 barobar oshgan. Eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlar – transport-logistika, suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta tiklanuvchi energetika bo‘ldi.
2025-yilda YTB Birlashgan Arab amirligi dirhamidagi obligatsiyalarni ikki marotaba muvaffaqiyatli joylashtirdi: aAprelda AIX (Astana International Exchange) birjasida 185 mln dirham, iyun oyida FAB (First Abu Dabhi Bank) va ADFD (Abu Dhabi Fund for Development) ishtirokida 200 mln dirham.
Ma’liumot uchun, YTBning hozirgi investitsiya portfeli $19,1 mlrd qiymatdagi 319 loyihadan iborat. Bank yashil energetika, transport, raqamli tizimlar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mintaqaviy integratsiyani qo‘llab keladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining 168 mln dollarlik aksiya paketini sotib olishi haqida yozgandi.