Paragvay prezidenti Santyago Penya O‘zbekistonga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
Bir qator sohalarda muzokaralar olib boriladi
Paragvay prezidenti Santyago Penya O‘zbekistonga tashrif buyuradi / Foto: Agencia Brasil

Paragvay Respublikasi prezidenti Santyago Penya 11 – 13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Foto: The China global

Tashrif doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Paragvay o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Santyago Penya Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkning amaldagi meri Erik Adams besh kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek