«Arsenal» safarda «Bryugge» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

11-dekabr 2025 03:28 eʼlon qilindi

(11-dekabr 2025 11:57 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

UEFA Chempionlar ligasining 6-turi doirasida «Arsenal» mehmonda Belgiyaning «Bryugge» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Noni Madueke dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Gabriel Martinelli mualliflik qildi.

O‘yin londonliklarning to‘liq ustunligi ostida boshlanib, 25-daqiqada Noni Madueke hisobni ochdi. Jamoalar tanaffusga shu natija bilan yo‘l oldi. Ikkinchi bo‘lim avvalida, 47-daqiqada Madueke Martin Subimendi uzatmasidan so‘ng o‘zining ikkinchi golini urib, oradagi farqni oshirdi.

Брюгге — Арсенал. Обзор матча Лиги чемпионов. 10.12.2025

Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, 56-daqiqada Gabriel Martinelli hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi (0:3). O‘yin davomida hakam Kristian Nergor va «Arsenal» himoyachisi Ben Uaytga sariq kartochka ko‘rsatdi. Mikel Arteta shogirdlari ushbu ishonchli g‘alaba orqali turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Foto: UEFA

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChLning o‘tgan turida «Arsenal» «Bavariya» ustidan ishonchli g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek