O‘zbekiston va Paragvay JSTda bozorga kirish muzokaralarini yakunladi

eʼlon qilindi
Qo‘shma bayonot Toshkentda imzolandi
O‘zbekiston va Paragvay JSTda bozorga kirish muzokaralarini yakunladi / Foto: President.uz

Toshkentda O‘zbekiston va Paragvay o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Paragvay prezidenti Santyago Penya uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi jarayonida bozorga kirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganini tasdiqlovchi bayonnoma imzolandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Paragvay tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Foto: President.uz

Muzokaralardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar. Ushbu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikni, sherikchilikni mustahkamlashga bo‘lgan qat’iy intilishni ifodaladi hamda ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochish ramzi sifatida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paragvay prezidenti Santyago Penya O‘zbekistonda qanday kutib olingani haqida yozgan edik.

Shuningdek