O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb bir milliard dollarga yetdi

eʼlon qilindi
2025-yil boshidan buyon
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb bir milliard dollarga yetdi / Foto: President.uz

Ashxobodda Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Mirziyoyev Berdimuhamedovni mamlakat betarafligining 30 yilligi va shu munosabat bilan o‘tkazilgan xalqaro forum, shuningdek, 2025-yilning «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilingani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda prezidentlarning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash qariyb $1 mlrdga yetgan. «Shovot–Toshhovuz» savdo zonasining faoliyati va yuk tashish hajmining 30 foizga oshgan. Turkmanboshi porti orqali yuk yetkazib berish ham faollashgan. Gumanitar va hududlararo almashinuvlar davom etmoqda.

Tomonlar bo‘lajak yig‘ilishlarda savdo hajmini oshirish hamda energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish zarurligini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Ashxobodda qanday kutib olingani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek