JCh-2026 o‘yinlariga chipta olish uchun arizalar qabul qilina boshlandi

12-dekabr 2025 09:56 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
JCh-2026 o‘yinlariga chipta olish uchun arizalar qabul qilina boshlandi / Foto: Hespress

2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga chipta sotishning tasodifiy tanlov bosqichi boshlandi. Arizalar FIFA rasmiy platformasi orqali 2026-yil 13-yanvargacha qabul qilinadi.

Chipta sotib olish istagidagi muxlislar FIFA platformasi orqali ariza topshirishlari lozim bo‘ladi. O‘zbekiston milliy jamoasi muxlislari My Team – Uzbekistan o‘limini tanlab, o‘zbek muxlislari uchun ajratilgan sektorlar bo‘yicha chipta so‘rovi yuborishi mumkin.

Ariza topshirganlar orasida chipta egalari 2026-yil fevral oyida FIFA tomonidan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi. To‘lovlar arizada ko‘rsatilgan karta ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda yechib olinadi.

Hozircha chiptalar narxi ma’lum emas. Narxlar ariza qabul qilish jarayoni yakunlangandan so‘ng, har bir o‘yinga bo‘lgan talab aniqlashtirilgach belgilanadi. Shuningdek, ishtirokchi jamoalar, o‘yin o‘tkaziladigan joy, boshlanish vaqti kabi omillar ham narxga ta’sir qiladi.

O‘zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichi o‘yinlarini quyidagi jadval asosida o‘tkazadi:

SanaVaqtShahar (Mamlakat)O‘yinning tarkibi
18-iyun07:00Mexiko (Meksika)O‘zbekiston – Kolumbiya
23-iyun22:00Hyuston (AQSh)Portugaliya – O‘zbekiston
28-iyun04:30Atlanta (AQSh)Kongo DR / Yamayka / Yangi Kaledoniya – O‘zbekiston

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp 2026-yilgi Jahon chempionati uchun chiptaga ega sayyohlar elchixona va konsulliklarda viza suhbatiga ustuvor tartibda chaqirilishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek