iPhone 17 Pro Max egalari zaryadlash bilan bog‘liq nosozlikdan shikoyat qilmoqda

12-dekabr 2025 10:17 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 17 Pro Max egalari zaryadlash bilan bog‘liq nosozlikdan shikoyat qilmoqda
iPhone 17 Pro Max egalari zaryadlash bilan bog‘liq nosozlikdan shikoyat qilmoqda / Foto: DeepStore

Yangi iPhone sotuvga chiqqaniga qariyb uch oy bo‘lishiga qaramay, foydalanuvchilar turli muammolarga duch kelmoqda. Eng ko‘p muhokama qilinayotgan nosozliklardan biri batareya to‘liq bo‘shab qolgach, telefonning zaryad olmasligi bilan bog‘liq.

TechDroider nashri xodimlari ham muammoni tasdiqlagan. Unga ko‘ra, iPhone 17 Pro Max batareyasi 0 foizga tushib, o‘chib qolganidan keyin zaryadlovchi kabelga ulanganida hech qanday reaksiya bildirmaydi. Qurilma yoqilmaydi va ekranda zaryadlanish belgisi ham chiqmaydi.

Foydalanuvchilar aytishicha, telefon shu holatda 30 daqiqadan tortib bir yoki hatto ikki soatgacha qolib ketishi mumkin. Faqat ma’lum vaqt o‘tgachgina qurilma ishga tushib, zaryad ola boshlaydi. Internetdagi izohlarga qaraganda, bu holat ko‘plab foydalanuvchilarda kuzatilmoqda.

Mazkur muammo iPhone 17 savdosi boshlangan paytdan buyon qayd etilmoqda. Hozircha Apple bu borada rasmiy izoh bermagan va nosozlik tuzatilmagan. Shu sababli foydalanuvchilarga smartfonni to‘liq o‘chib qolguncha ishlatmaslik tavsiya etilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil yakuni bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qilgandi. Unda yil davomida sinovdan o‘tgan o‘nlab modellardan turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar tanlandi. Ular orasida iPhone 17 Pro bironta ham nominatsiya olmagan, lekin Apple baribir boshqa to‘rtta nominatsiyada g‘olib bo‘lgan.

Shuningdek