Elektromobillar piyodalar uchun xavfli emas — tadqiqot

eʼlon qilindi
Tadqiqot Buyuk Britaniyada amalga oshirildi
Elektromobillar piyodalar uchun xavfli emas — tadqiqot / Foto: Grok

Lids universiteti olimlari 2014 – 2023-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniyadagi yo‘l-transport hodisalari ma’lumotlarini tahlil qildi. Unda 2019 – 2023-yillarda elektromobillar soni oshgan davrda piyodalar jarohatlanish darajasi ichki yonuv dvigatelli avtomobillar bilan solishtirganda farq qilmagani aniqlandi.

2014 – 2023-yillar oralig‘ida salkam 1,2 mlnta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, unda 1,5 mlndan ortiq kishilar turli darajada jarohat olgan. Ulardan 210 ming nafardan ortig‘i piyodalar bo‘lgan. Bu piyodalarning 167092 nafari oddiy avtomobillar, 7946 tasi gibrid elektromobillar (4,76%), 1150 tasi esa to‘liq elektromobillar (0,69%) tomonidan urib ketilgan.

Past tezlikda elektromobillarning eshitilmasligi muammosini hal qilish uchun 2019-yilda Yevropada AVAS (Acoustic Vehicle Alerting System) joriy etildi.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, elektromobillar zamonaviy xavfsizlik tizimlari, jumladan, avtomatik favqulodda tormoz bilan jihozlangan. Bu to‘qnashuvlarni kamaytirish yoki zarba kuchini yumshatishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, har yili dunyo bo‘ylab yo‘l-transport hodisalari natijasida taxminan 1,19 mln odam halok bo‘ladi va 30 – 50 mln kishi og‘ir jarohat oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobil batareyasining uzoq xizmat qilishi uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek