Amazon 2025-yilda Alexa ovozli yordamchisiga berilgan eng ko‘p savollarni e’lon qildi

Amazon kompaniyasi 2025-yil davomida Alexa ovozli yordamchisiga berilgan eng ommabop savollar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.
Buyuk britaniyalik foydalanuvchilar ko‘proq futbolchi Krishtianu Ronaldu, xonanda Taylor Svift va milliarder Ilon Mask haqida ma’lumot izlashgan. Shuningdek, aktyor Tom Kruzning bo‘yi va Ed Sheeran kimga uylangani eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan.

Avstraliyada ham foydalanuvchilar Taylor Swift, Ronaldu va YouTube yulduzi MrBeast haqida eng ko‘p savol berishgan. Umumiy bilimlar bo‘yicha avstraliyaliklar «qanday qilib tez uxlash mumkin» va «Rubik kubigini qanday yig‘ish kerak» kabi savollarga javob izlashdi.

Irlandiyada esa siyosiy va moliyaviy mavzular dolzarb bo‘lib, foydalanuvchilar «bitkoinning narxi qancha» va «Donald Tramp necha yoshda» degan savollarga qiziqish bildirishdi. Umuman olganda, 2025-yilda Alexa nafaqat maishiy yordamchi, balki insonlarning kundalik qiziqishlari va o‘ylariga javob beruvchi asosiy manbaga aylangani kuzatildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amazon Hindistonga $35 mlrddan ortiq sarmoya kiritishi haqida xabar bergan edi.