Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi. Uning o‘zi Telegram kanalida ma’lum qildi.

Suhbat davomida mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda xalqaro ahamiyati muhokama qilindi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Uchrashuvda O‘zbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan, katoliklar, totuvlik va bag‘rikenglik muhitida yashayotgani alohida ta’kidlandi. Saida Mirziyoyeva bu qadriyatlar mamlakat siyosatining muhim qismi ekanini, mukofot esa ushbu tamoyillarni global miqyosda mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.

Tomonlar dunyoda ishonchni kuchaytirish, insonparvarlik tamoyillarini targ‘ib etish va madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha yaqin hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Qohirada «Al-Azhar» majmuasi rahbari bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek