Samsung Galaxy S25 FE iPhone 17 modeliga qaraganda yaxshiroq displeyga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi

14-dekabr 2025 09:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25 FE iPhone 17 ga qaraganda yaxshiroq displeyga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy S25 FE iPhone 17 modeliga qaraganda yaxshiroq displeyga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu DxOMark mutaxassislari o‘tkazgan sinovda qayd etildi. Qurilma yangi model bo‘lmasa-da, test natijalari yuqori baholangan.

Sinov yakuniga ko‘ra, Galaxy S25 FE ekrani 156 ball oldi. Smartfon umumiy reytingda 10-o‘rinni egalladi va Pixel 9 bilan bir qatorda joylashdi. Bu natija Galaxy S24 Ultra hamda iPhone 17 ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ldi.

Foto: DxOMark

DxOMark hisobotida aytilishicha, ekran deyarli barcha mezonlar bo‘yicha yuqori baho olgan. Faqat sensorning sezgirligi biroz pastroq baholangan. Premium toifa ichida Galaxy S25 FE ikkinchi o‘rinni egallagan. Bu segmentda u faqat Galaxy S25’dan ortda qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek