O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda
eʼlon qilindi
Ayrim hududlarda havo harorati 0° gacha pasayadi

14-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlari va cho‘l zonasida yomg‘ir hamda qor yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi. Ayrim hududlarda havo harorati 0° gacha pasayadi.
Mamlakatning janubiy viloyatlarida havo harorati +11…+16° atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida kunduz kuni havo +13…+15° gacha isiydi. Kechga yaqin yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shamol tezligi 12 m/s gacha kuchayadi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati +3…+8° ni tashkil etadi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 13-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.