10 kunda uch mingga yaqin fuqarolar avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagani aniqlandi

eʼlon qilindi
1 – 10-dekabr kunlari
10 kunda uch mingga yaqin fuqaro avtobuslardayo‘l haqini to‘lamagani aniqlandi
Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi vaqtinchalik o‘zgartirildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Poytaxt avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan 3 mingga yaqin yo‘lovchilarga nisbatan jarima qo‘llanildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2025-yilning 1 – 10-dekabr kunlari 38 va 46-avtobus yo‘nalishlarida yo‘l haqi to‘lovini nazorat qilish ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borildi. Ushbu reydlar davomida avtobuslarda chiptasiz harakatlangan 238 nafar yo‘lovchi aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, so‘nggi o‘n kun ichida poytaxt bo‘ylab o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 2 966 nafar yo‘lovchi avtobusdan chiptasiz foydalangani aniqlangan. Ularga nisbatan jarima chorasi qo‘llanildi.

«Yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash bu nafaqat qonun talabi, balki jamiyat madaniyatining ham muhim ko‘rsatkichidir», – deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘tgan 10 oy davomida Toshkentda 20 mingga yaqin yo‘lovchilar avtobusda yo‘l haqini to‘lamagani aniqlanganini yozgandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent avtobuslarida naqd pulda to‘lov qilish amaliyoti to‘liq bekor qilingan bo‘lib, yo‘lovchilar elektron to‘lov yoki bir martalik QR-chiptalar yordamida to‘lovni amalga oshirishlari talab etildi.

Shu munosabat bilan Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Aksariyat yo‘lovchilar yangi tizim qulayligini e’tirof etib, yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lagan bo‘lsa, ayrimlari sababsiz to‘lovni amalga oshirmasdan avtobusdan tushib ketayotgani kuzatilmoqda.

Mazkur holatlarning oldini olish maqsadida jamoat transportida kuchaytirilgan nazorat reydlari boshlandi. Endilikda nazoratchi va inspektorlar yo‘lovchilarning yo‘l haqi to‘langanini joyida tekshiradi. Yo‘lovchilar bir martalik QR-chiptalarni safar davomida o‘zlarida saqlab, talab qilinganda taqdim etishlari shart.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik kodeksining 144-moddasiga ko‘ra, naqd pul bergan yo‘lovchilar emas, balki chiptasiz yurganlarga BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida (hozirda 41,2 ming so‘m) jarima solinadi.

Foydali: Poytaxt avtobuslari uchun naqd pulga chiptani qanday olish mumkin – fotoqo‘llanma 

Shuningdek