Volvo 14 tonnalik elektr yuk mashinasini taqdim etdi

16-dekabr 2025 10:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Volvo

Volvo 14 tonnalik elektr yuk mashinasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi. Model ilk bor 2019-yilda taqdim etilgan edi.

Yangi versiya shahar muhitida ishlaydigan kompaniyalar uchun yanada qulay va tejamkor yechim sifatida ishlab chiqilgan. Volvo FL Electric 180 kVt quvvatga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. Bu qariyb 245 ot kuchiga teng.

Yuk mashinasining ixcham o‘lchamlari tor ko‘chalar va tez-tez to‘xtash talab qilinadigan sharoitlarda samarali ishlash imkonini beradi. Model eshikdan eshikkacha yetkazib berish uchun moslashtirilgan.

Volvo FL Electric turli g‘ildirak bazasi, o‘q joylashuvi va batareya konfiguratsiyalarida taklif etiladi. Batareyalarning joylashuvi kuzov o‘rnatishga xalaqit bermaydi. Bu esa turli xil ustki qurilmalar va jihozlardan foydalanish imkonini beradi. Mashinaning minimal eni 2,4 metrni tashkil etadi. Bu manevr qilishni osonlashtiradi.

Yangi batareya tizimi 14 tonnalik versiyadan tashqari 16 va 18 tonnalik FL Electric modellari uchun ham taklif qilinadi. Shu batareyalar Volvo FE Electric modellarida ham qo‘llanadi. Ular 26 tonnagacha bo‘lgan to‘liq massani qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Volvo XC70 PHEV avtomobili oldindan savdoga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek