Samsung Galaxy A07 5G smartfoni haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi

16-dekabr 2025 12:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: IVEDIA

Samsung Galaxy A07 5G smartfoni haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Geekbench ma’lumotlarida e’lon qilindi.

Qurilma SM-A076B model raqami ostida qayd etilgan. Test natijalariga ko‘ra, smartfon 2+6 yadrolar klasteriga ega protsessor va Mali-G57 MC2 grafik tezlatkich bilan jihozlangan. Chastotalar va unumdorlik ko‘rsatkichlari MediaTek Dimensity 6300 platformasidan foydalanilayotganini ko‘rsatmoqda. Bu avvalgi sizib chiqqan ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

Taqqoslash uchun, hozirda sotuvda bo‘lgan Galaxy A07 4G modeli Helio G99 chipi asosida ishlaydi. Ushbu ikki platforma texnik jihatdan juda yaqin. Asosiy farq shundaki, Dimensity 6300 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlash tezligida sezilarli ustunlik kutilmayapti.

Bencmarkda sinovdan o‘tgan Galaxy A07 5G 4 GB tezkor xotira bilan jihozlangan. Galaxy A07 4G‘ning bazaviy versiyasi ham xuddi shuncha operativ xotirani taklif qiladi. Shu bilan birga, 4G modelida 8 GB xotirali variantlar ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung kompaniyasi SATA SSD ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi haqidagi gaplarni rad etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek