Kuchli bo‘ron sababli Ozodlik haykali qulab tushdi — video

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida 24 metrlik konstruksiya butunlay vayron bo‘lgan
Foto: Life.ru

Braziliyaning Guayba shahrida kuchli bo‘ron va shamol tufayli Ozodlik haykalining nusxasi qulab tushdi. Bu haqda G1 xabar bermoqda.

Mintaqa Fuqaro muhofazasi xizmati shamol tezligi soatiga 90 kmdan oshishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Aholining uyali telefonlariga favqulodda xavf va jiddiy ofat ehtimoli haqida maxsus xabar yuborilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Hudud zudlik bilan o‘rab olingan bo‘lib, kompaniya mutaxassislari vayronalarni tozalash ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Haykalning umumiy balandligi 35 metrni tashkil etgan bo‘lib, shamol ta’sirida uning 24 metrlik asosiy qismi qulab tushgan. Ushbu konstruksiya 2020-yilda o‘rnatilgan edi.

Kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron shtatning boshqa hududlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Tio-ugo shahrida do‘l yog‘ishi, Kristal, Santa-Krus-du-Sul va Passo-Fundo shaharlarida binolar tomining uchib ketishi hamda Lajeado shahrida suv toshqini kuzatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Braziliyaning yangi elchisi Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek