Energetik xavfsizlik bo‘yicha prezident vakili lavozimidan ozod etildi

Prezident farmoni bilan Alisher Sultanov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-dekabr kuni BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston delegatsiyalarini qabul qilib, energetika va infratuzilma sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.
Xususan, bunda Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor boshchiligidagi delegatsiya bilan energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnologiyalarni mahalliylashtirish bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi. Ozarbayjon bilan neft-gaz sohasi, geologiya-qidiruv, «yashil» energetika va kimyo sanoatida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi. Mirziyoyev Qirgʻiz respublikasi energetika vaziri bilan esa Qambar-ota GES-1’ni birgalikda rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.