17-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi

17-dekabr Quyosh va Saturnning barcha burjlarga ta’sir qiluvchi keskin tomoni ostida o‘tadi. Kun to‘xtab qolish hissini keltirib chiqarishi mumkin: rejalar to‘xtab qoladi, istaklar qoidalarga, ambitsiyalar esa haqiqiy sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Munajjimlar voqealarni shoshiltirmaslikni va o‘zingizga tanaffus berishni maslahat berishadi.
Qo‘y (21.03 – 20.04)
Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham tanaffuslar e’lon qiling. Bu siz uchun juda zarur. Shaxsiy hayotingizda qandaydir mistik voqealarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy ahvolingiz negadir juda qiyinchilik bilan ijobiy hal bo‘ladi. Ovqatlanish rejimini buzmang, gazli ichimliklardan yuz buring.
Buzoq (21.04 – 20.05)
Kunning birinchi yarmida miyangizni qanday qilib pulni ko‘paytirish haqidagi yangi g‘oya va rejalar chirmab oladi. Agar o‘z vaqtida foydalanib qolsangiz, moliyaviy jihatdan sizga yetadigani bo‘lmasdi. Lekin tavakkal qilishdan saqlaning. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarga putur yetkazuvchi sabablar yuzaga kelishi kutilmoqda. Shunday ekan, o‘zingizni bosing va iloji bo‘lsa yolg‘iz qoling.
Egizaklar (21.05 – 21.06)
Kuningiz unumli kechadi, ishlaringiz baroridan keladi. Faqat maslahatni ham, imkoniyat va ilhomni ham o‘zingizdan qidirib toping. Boshqalarning maslahatiga umuman e’tiborsiz bo‘ling. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Lekin bir joyda o‘tirib qolishdan saqlanishingiz, sport bilan faol shug‘ullanishingiz lozim. O‘zingizni ehtiyot qiling.
Arslon (23.07 – 22.08)
Bugun hamma sizga havas qilsa arziydi. Emotsiyadan tortib kulgigacha sizning ixtiyoringizda bo‘ladi. Biznes bilan band bo‘lsangiz, daromadning o‘zi sizni qidirib kela boshlaydi. Moliyaviy masalada eng tushkun va chalkash vaziyatlardan ham oson chiqib keta olasiz. Uyda esa ro‘zg‘or uchun asqatadigan uskunalardan biri buzilishi mumkin. Buning uchun alohida pul ajratishingizga to‘g‘ri keladi. Oilasizlarning ba’zilari kechqurun muhabbat haqiqatga aylanishiga guvoh bo‘lishi kutilmoqda.
Parizod (23.08 – 23.09)
Ishdagi muvaffaqiyatlar sizni quvontirishi mumkin. Lekin kibrga berilmang. Har bir yutuq ortida mehnat borligini unutmang. Shaxsiy hayotda esa sabr va tushunish muhim. Kechqurun madaniy dam olish ruhiyatingizni boyitadi. Kitob o‘qish orqali ilhom oling.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda eng qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Bu imkoniyat oila qurmaganlar uchun muhabbatda ham bo‘lishi mumkin. Agar sergak bo‘lmasangiz, taqdiringizni ijobiy tarafga o‘zgartira oladigan muhim vaziyatni qo‘ldan boy berasiz. Ayrimlar uyqusizlikdan bezovtalanishi mumkin. Televizor tomosha qilish o‘rniga kitob o‘qing, ko‘zlaringiz tez charchab, albatta, uyquga ketasiz.
Chayon (24.10 – 22.11)
Ruhiy jihatdan kuningiz og‘irroq kechishi mumkin. Birgina o‘ylamay aytilgan gap qarindoshlar bilan munosabatlarni buzishi ehtimoli bor, shuning uchun o‘zingizni tiyib, o‘ylab harakat qiling. Kunning ikkinchi qismida olisda yashaydigan qarindoshlaringiz mehmon bo‘lib kelishi mumkin. Shuningdek, xususiy mulk bilan bog‘liq bir masala ham ko‘tarilib, uni hal etishga to‘g‘ri keladi.
O‘qotar (23.11 – 21.12)
Ishlaringizni o‘ta xotirjamlikda ado etishga harakat qiling. Ish og‘ir bo‘lsa ham cho‘chimang. O‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘proq mutaxassislardan yordam so‘rab murojaat etsangiz ham uyat hisoblanmaydi. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topishingiz lozim bo‘ladi. Bu muammoni ijobiy hal etishda sizga internet yaqindan yordam bera oladi.
Tarozi (24.09 – 23.10)
Bugungi kunda muhabbatda kutilmagan lahzalar yuz berishi mumkin. Lekin hissiyotlarga berilmasdan, aql bilan yondashing. Salomatligingizga e’tibor bering – holsizlikni sezsangiz, dam oling. Ishdagi munosabatlarda ehtiyot bo‘ling, har bir so‘zni o‘lchab gapiring.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)
Kun oxirida o‘zingizning ichki ovozingizga quloq soling. U sizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi. Har qanday qarorni qabul qilishda qalbingiz bilan maslahatlashing. Salomatlikda e’tiborsizlik qilmang. Agar charchoq sezilsa, dam oling va ortiqcha yuklamadan saqlaning.
Baliq (19.02 – 20.03)
Bugun negadir o‘z siringiz saqlab, boshqalarning sirlarini oshkor qilishga intilasiz. Bu qiziqishdan voz keching, qoching. Muhabbatda sizga muloyimlik va aniqlik yetishmaydi. Shu sifatlar bilan qalbingizni to‘ldirib oling. Shunda juftingiz yoki qallig‘ingiz bilan o‘zaro munosabatlaringiz qaynoq kechadi, janjallar yuzaga kelmaydi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)
Bugun sizni yorqin va bir-biridan qiziqarli uchrashuvlar, tanishuvlar kutib turadi. Bu kelajagingiz uchun juda katta ahamiyatga ega. Basharti bu ham kayfiyatingizni ko‘tara olmasa, do‘stlar bilan tabiat qo‘yniga chiqib keting. Yoki konsertga tushing-u, to‘yguncha raqs ijro eting. Shunda barcha g‘uborlarni konsert zalida qoldirib ketishingiz tayin. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. O‘zingiz haqingizda g‘iybatlar eshitib qolsangiz, e’tiborsiz bo‘ling.