Motorola Moto G Power smartfonini taqdim etdi

17-dekabr 2025 09:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: GSMArena

Motorola Moto G Power smartfonini rasman namoyish qildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Yangi avlodda ham bu holat deyarli o‘zgarmagan. Smartfon 5200 mA/s sig‘imli batareya bilan jihozlandi. O‘tgan yilgi modelda bu ko‘rsatkich 5000 mA/s edi. O‘sish bor, ammo sezilarli emas. Akkumulyator texnologiyalaridagi yangilanishlar fonida bu raqam kamtarona ko‘rinadi.

Texnik platforma ham o‘zgarmagan. Moto G Power (2026) Dimensity 6300 protsessori asosida ishlaydi. U 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq unumdorlik jihatidan budjet segmentida qolmoqda.

Ekran ham avvalgi model bilan bir xil. IPS-panel, 6,8 dyuymli diagonal, Full HD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasi saqlab qolingan. AMOLED ekran bu safar ham qo‘llanilmadi.

Qurilma 8 GB tezkor xotira, 50 MP asosiy kamera va 30 Vt quvvatlashni taklif etadi. Shuningdek, IP69 darajasidagi suv va changdan himoya hamda MIL-STD-810H harbiy standarti mavjud.

Motorola Moto G Power narxi $300 etib belgilangan. Yangi modelning o‘tgan yilgi versiyadan asosiy farqi faqat batareya sig‘imining biroz oshganidadir. Qolgan jihatlarda deyarli yangilik yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Motorola Edge 70 Ultra stilus bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek