Tesla Cybertruck yilning eng xavfsiz pikapi deb topildi

17-dekabr 2025 10:12 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Tesla Cybertruck
Tesla arzon Cybertruck ishlab chiqarilishini to‘xtatdi / Foto: ITHome

Ishlab chiqarish boshlanganida dizayni uchun tanqid qilingan Tesla Cybertruck xavfsizlik bo‘yicha eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar qildi.

Elektropikap AQShning Yo‘l harakati xavfsizligini sug‘urtalash instituti tomonidan 2025-yil modellari orasida Top Safety Pick+ mukofoti bilan taqdirlandi.

Unga ko‘ra, Tesla 2025-yilda Cybertruck konstruksiyasiga muhim o‘zgartirishlar kiritgan. Xususan, kuzovning old pastki qismi va oyoqlar joylashgan hudud qayta ishlanib, kichik qoplanish bilan sodir bo‘ladigan frontal to‘qnashuvlarda haydovchi va yo‘lovchilar himoyasi sezilarli darajada yaxshilangan. O‘rtacha qoplanishdagi frontal zarba hamda yangilangan yon zarba sinovlari «yaxshi» bahosini olgan.

Shuningdek, piyodalarni urib yuborish xavfini kamaytirishga qaratilgan frontal to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Collision Avoidance Assist majmuasi bolalar va kattalar ishtirokidagi ssenariylarda, kunduzgi va tungi sharoitlarda avariyalarning oldini ola bilgan. Avtomatik uzoq nurga ega faralar esa yoritishdagi cheklovlarni samarali qoplagan.

Natijada Tesla Cybertruck Top Safety Pick+ reytingiga ega bo‘lgan atigi ikki to‘liq o‘lchamli pikapdan biriga aylandi. Shu bilan birga, u o‘z sinfida Full Self-Driving (Supervised) tizimi bilan jihozlangan yagona model bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tesla arzon Cybertruck ishlab chiqarilishini to‘xtatgani haqida yozgandi.

Shuningdek