Great Wall Motor Tank 300’dagi yangilanishlarga izoh berdi

17-dekabr 2025 10:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: «RG»

Great Wall Motor o‘tkazgan ilk texnologik konferensiya doirasida Tank 300 yo‘ltanlamasidagi yangilanishlar haqida ma’lumot berdi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, o‘zgarishlar mijozlar bildirgan asosiy e’tirozlarga tayangan holda amalga oshirilgan.

Tank model qatori boshqaruvi va rivoji bo‘limi rahbari Ilya Fyodorovning aytishicha, asosiy e’tibor shovqin izolyatsiyasiga qaratilgan. Old eshiklarda ikki qatlamli oynalar qo‘llanildi. Natijada avtomobil, ayniqsa, yuqori tezlikda ancha sokin bo‘lgan.

Yangilangan Tank 300 salonida qulaylik va texnologiyaga oid o‘zgarishlar ham bor. Qalinlashtirilgan rul, 50 Vt quvvatga ega simsiz quvvatlash, Apple CarPlay va Android Auto‘ning simsiz ishlashi joriy etildi. Asboblar paneli grafikasi yangilandi. Bezak uchun qo‘shimcha variantlar ham paydo bo‘ldi.

Kompaniya vakili multimedia tizimi ham yaxshilanganini ta’kidladi. Endi simsiz ulanish barcha komplektatsiyalarda mavjud. Simsiz quvvatlash ham barcha versiyalarda taklif qilinadi. Bu haydovchiga avtomobilga tezroq moslashish imkonini beradi.

Great Wall Motor’ga ko‘ra, Tank 300’ning bozor pozitsiyasi saqlab qolingan. Texnik ko‘rsatkichlar yaxshilangan. Tashqi ko‘rinish yangilangan. Individual sozlash imkoniyatlari kengaytirilgan. Shu bilan birga, model konsepsiyasi tubdan o‘zgarmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan GWM Tank 300 Polar Edition avtomobili taqdim etilgani yozgan edi.

Shuningdek