Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Foto: Departament

Jizzax viloyatida xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro boshqa bir fuqaroni $7 ming evaziga Norvegiyaga ishga yuborishini aytib, ushbu kelishuv doirasida 84 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni Latviya davlatiga borishi uchun Shengen vizasini rasmiylashtirib berishi va ishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilgan. U $1,7 mingni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan marmar toshlar orasiga giyohvandlik moddalari yashirgan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek