Rossiyada qurilish sohasida ish haqlari 40 foizga oshdi

eʼlon qilindi
O‘rtacha oylik ish haqi 175,8 ming rublga ($1,9 ming) yetgan
Foto: Vedemosti

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyada qurilish sohasidagi ish haqlari keskin oshib, hatto IT sektoridagi ko‘rsatkichlardan ham yuqori bo‘ldi. Bu haqda «Vedomosti» nashri xabar berdi.

October Group developerlari va Mega-Personal kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, quruvchilik kasbi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 175,8 ming rublga ($1,9 ming) yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga ko‘p.

Ish haqlarining bunday tez o‘sishiga asosiy sabab – malakali kadrlar tanqisligi. Mega-Personal’ning kadrlar bo‘yicha direktori Anna Koneva ta’kidlashicha, 5 – 6-razryadli payvandchi topish o‘rtacha ikki haftani oladi, ularning oyligi esa 300 ming rublgacha ($3,3 ming) yetmoqda.

Bozorda stropalchi, bo‘yoqchi-suvoqchi va tom yopuvchilarga ham talab yuqori. 2025-yilning birinchi yarmida g‘isht teruvchilarga bo‘lgan talab 72 foizga oshgan, ularning o‘rtacha maoshi esa 198 ming rublni ($2,2 ming) tashkil etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada migrantlarning 60 mingga yaqin patenti bekor qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek