Tojikiston O‘zbekistondan sutkasiga 2 mln kVt/soatgacha elektr energiyasi ola boshladi

eʼlon qilindi
Tojikistonda sutkalik elektr ishlab chiqarish hajmi 54 mln kVt/soatdan oshgan
Tojikiston O‘zbekistondan sutkasiga 2 mln kVt/soatgacha elektr energiyasi ola boshladi
Foto: iStock

Tojikiston O‘zbekistondan sutkasiga 2 mln kVt/soatgacha elektr energiyasi ola boshladi. Bu haqda AziaPlus Tj ma’lum qildi.

Tojikiston tashqi bozorlarga faqat mamlakat janubi-g‘arbida joylashgan O‘zbekiston energiya tizimi orqali chiqish imkoniyatiga ega. Xususan, 500 kV kuchlanishli «Regar – G‘uzor» elektr uzatish liniyasi orqali tranzit amalga oshiriladi.

Mamlakat Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston energiya tizimining Markaziy Osiyo yagona energiya tizimi bilan parallel ishlashi shimoliy elektr tarmoqlari mintaqaviy «energiya halqasi»ga ulangach yo‘lga qo‘yiladi. Tojikistonning Markaziy Osiyo yagona energiya tizimiga to‘liq qo‘shilishi 2026-yilning birinchi choragida kutilmoqda.

12-dekabr holatiga ko‘ra, Tojikistonda sutkalik elektr ishlab chiqarish hajmi 54 mln kVt/soatdan oshgan. Avvalroq bu ko‘rsatkich 44 mln kVt/soatgacha pasayib ketgan edi.

Shuningdek, rasmiy Dushanbe Qozog‘iston va Turkmanistondan ham elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishgan. Ayni paytda ushbu davlatlardan energiya import qilish bilan bog‘liq texnik masalalar ustida ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tojikistonda elektron sigaretlar to‘liq taqiqlanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek