Toshkent – London yo‘nalishida yangi reyslar yo‘lga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Umumiy aviaqatnovlar soni haftasiga beshtaga yetdi
Toshkent-London yo‘nalishida yangi reyslar yo‘lga qo‘yildi / Foto: Tripster

2025-yilning 15-dekabr kuni Qanot Sharq aviakompaniyasi «Toshkent – London – Toshkent» yo‘nalishidagi ilk parvozini Buyuk Britaniyaning Gatvik xalqaro aeroportiga amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qanot Sharq haftasiga ikki marta – dushanba va payshanba kunlari «Toshkent – London – Toshkent» yo‘nalishida parvozlarni amalga oshiradi. Bu reyslar «Uzbekistan Airways»ning haftasiga uch marta (seshanba, juma va yakshanba kunlari) parvozlariga qo‘shimcha bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi umumiy havo qatnovlari haftasiga beshtaga yetdi.

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar-noyabr oylarida Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 25 mingdan oshdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23% ga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Varshavadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaparvozlar soni ko‘paytirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek