18-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
18-dekabr soat 20:00 gacha amal qiladi

18-dekabr kuni O‘zbekiston hududida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ko‘plab joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda qorga aylanadi. Kechasi harorat –5…+5°, kunduzi +0…+7° atrofida bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Harorat (kecha / kunduz) | Ob-havo |
|---|---|---|
| Toshkent shahri | +0…+2 / +0…+2 | Bulutli, yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) |
| Qoraqalpog‘iston R., Xorazm v. | –5…–10 (Ustyurt –13…–18) / –2…+3 | O‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman bo‘lishi mumkin |
| Buxoro va Navoiy v. | –0…–5 / +0…+5 | O‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor, tuman bo‘lishi mumkin |
| Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax v. | +0…+5 / +0…+5 | O‘zgaruvchan, yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanadi, tuman bo‘lishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo v. | +0…+5 / +2…+7 | O‘zgaruvchan, yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanadi, tuman bo‘lishi mumkin |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona v. | +0…+5 / +2…+7 | O‘zgaruvchan, yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanadi, tuman bo‘lishi mumkin |
| Respublikaning tog‘li hududlari | –0…–5 / –0…–5 | O‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan qor, ayrim joylarda kuchli, qor ko‘chishi xavfi bor |