Jared Ayzekman NASA’ning yangi rahbari sifatida tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Ovozlar natijasi 67 «ha» va 30 «yo‘q» bo‘ldi
Jared Ayzekman NASA’ning yangi rahbari sifatida tasdiqlandi / Foto: Space

AQSh Senati milliarder va xususiy astronavt Jared Ayzekmanni NASA’ning yangi rahbari etib tasdiqladi. Bu haqda Space ma’lum qildi.

42 yoshli Ayzekman Shift4 kompaniyasi asoschisi va xususiy Polaris kosmik dasturi homiysi hisoblanadi. Shu dastur doirasida u komandir sifatida Inspiration4 (Yer orbitasiga birinchi xususiy missiya) va Polaris Dawn (birinchi marta fuqarolik astronavti ishtirok etgan) parvozlarini amalga oshirgan.

Foto: Space

Ba’zi Kongress a’zolari Ayzekmanning Ilon Mask bilan aloqalaridan xavotir bildirgan bo‘lsa-da, uning nomzodi kosmik hamjamiyat tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Ayzekman ilk bor 2024-yil dekabr oyida Donald Tramp tomonidan NASA boshlig‘i lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatgan edi. 2025-yil aprel oyida Senat qo‘mitasida eshituvdan o‘tgan, ammo ovoz berish amalga oshmagan. May oyida Tramp nomzodlikni qaytarib olgan, shu sabab NASA vaqtinchalik boshqaruv bilan qolgan. Iyul oyida Transport vaziri Shan Daffi vaqtinchalik ma’mur sifatida tayinlandi.

Foto: Space

Noyabr oyida «Politico» nashri Ayzekmanning NASA kelajagi bo‘yicha «Project Athena» nomli 62 betli hujjatini e’lon qilgan. Ayzekman bu hujjatni agentlik faoliyatini samaraliroq qilish bo‘yicha g‘oyalar ro‘yxati deb atadi. Shundan so‘ng, 4-noyabr kuni Tramp Ayzekmanni yana NASA boshlig‘i lavozimiga nomzod qilgan.

Trampning 2026-yilgi byudjetida NASA mablag‘larini 25% kamaytirish va ilmiy mablag‘larni 47% qisqartirish nazarda tutilgan. Senatda o‘tkazilgan eshituvlarda Ayzekman kosmik dastur, jumladan oy va Marsga astronavtlarni uchirish rejalarini qo‘llab-quvvatlagan. U NASA mablag‘larini ko‘rsatmalarga muvofiq ishlatishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ayzekman Marsga inson parvozlari uchun texnologiyalarni yaratish zarurligi haqida gapirgan edi.

Shuningdek