«Oskar» uchun nomzod filmlar short-listi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Amerika kinoakademiyasi 2026-yilgi «Oskar» uchun short-listga kirgan filmlar ro‘yxatini berdi
«Oskar-2026» uchun nomzod filmlar short-listi e’lon qilindi
«Oskar-2026» uchun nomzod filmlar short-listi e’lon qilindi / Foto: Parade

Amerika kinoakademiyasi 2026-yilgi «Oskar» mukofoti uchun short-listga kirgan filmlar ro‘yxatini taqdim etdi. Unga ko‘ra, bu yil 12 ta nominatsiya bo‘yicha turli janrdagi filmlar saralangan. Ro‘yxatda yirik blokbasterlar bilan birga mualliflik dramalari ham bor.

Short-list natijalari bo‘yicha ovoz berish 12–16-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Rasmiy nominantlar 22-yanvarda e’lon qilinadi. Taqdirlash marosimi esa 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Quyida asosiy nominatsiyalar bo‘yicha short-listlar keltirilgan.

Eng yaxshi kasting

«Frankenshteyn» («Frankenstein») / Foto: ijtimoiy tarmoq
  • «Frankenshteyn» («Frankenstein»);
  • «Hamnet» («Hamnet»);
  • «Marti Supreme» («Marty Supreme»);
  • «Jangu jadal» («One battle after another»);
  • «Maxfiy agent» («The secret agent»);
  • «Sentimental qiymat» («Sentimental value»);
  • «Gunohkorlar» («Sinners»);
  • «Sirat» («Sirat»);
  • «Qurol» («Weapons»);
  • «Yovuzlik: yaxshilik uchun» («Wicked: For Good»).

Eng yaxshi operatorlik ishi

«Kichik o‘yinchi haqida ballada» («Ballad of a small player») / Foto: Netflix
  • «Kichik o‘yinchi haqida ballada» («Ballad of a small player»);
  • «Bugoniya» («Bugonia»);
  • «O‘l, muhabbatim» («Die my love»);
  • «F1»;
  • «Frankenshteyn» («Frankenstein»);
  • «Hamnet» («Hamnet»);
  • «Marti Supreme» («Marty Supreme»);
  • «Yangi to‘lqin» («Nouvelle Vague»);
  • «Jangu jadal» («One battle after another»);
  • «Sentimental qiymat» («Sentimental value»);
  • «Gunohkorlar» («Sinners»);
  • «Sirat» («Sirat»);
  • «Qo‘shiq qayg‘uli jaranglaydi» («Song Sung Blue»);
  • «Qulash tovushi» («The sound of falling»);
  • «Poyezd orzulari» («Train dreams»);
  • «Yovuzlik: yaxshilik uchun» («Wicked: For Good»).

Eng yaxshi grim

«Alto ritsarlari» («The Alto Knights») / Foto: Mashable
  • «Alto ritsarlari» («The Alto Knights»);
  • «Frankenshteyn» («Frankenstein»);
  • «Milliy boylik» («Kokuho»);
  • «Marti Supreme» («Marty Supreme»);
  • «Nyurnberg» («Nuremberg»);
  • «Jangu jadal» («One battle after another»);
  • «Gunohkorlar» («Sinners»);
  • «Ezuvchi mashina» («The smashing machine»);
  • «Xunuk o‘gay singil» («The ugly stepsister»);
  • «Yovuzlik: yaxshilik uchun» («Wicked: For Good»).

Eng yaxshi original saundtrek

«Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash») / Foto: variety
  • «Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash»);
  • «Bugoniya» («Bugonia»);
  • «Kapitan Amerika: Yangi dunyo» («Captain America: Brave New World»);
  • «Dayan Uorren: Tinimsiz» («Diane Warren: Relentless»);
  • «F1»;
  • «Frankenshteyn» («Frankenstein»);
  • «Hamnet» («Hamnet»);
  • «Gedda» («Hedda»);
  • «Dinamit uyi» («A house of dynamite»);
  • «Jey Kelli» («Jay Kelly»);
  • «Marti Supreme» («Marty Supreme»);
  • «Nyurnberg» («Nuremberg»);
  • «Jangu jadal» («One battle after another»);
  • «Gunohkorlar» («Sinners»);
  • «Sirat» («Sirat»);
  • «Poyezd orzulari» («Train dreams»);
  • «Tron: Ares»;
  • «Haqiqat va xiyonat» («Truth and treason»);
  • «Qinidan chiqqan pichoqlar: marhumning tirilishi» («Wake up dead man: a knives out mystery»);
  • «Yovuzlik: yaxshilik uchun» («Wicked: For Good»).

Eng yaxshi original qo‘shiq

«Tron: Ares» filmidan «As Alive As You Need Me To Be» / Foto: ijtimoiy tarmoq
  • «Tron: Ares» filmidan «As alive as you need me to be»;
  • «Dayan Uorren: Tinimsiz» («Diane Warren: Relentless») filmidan «Dear me»;
  • «Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash») filmidan «Dream as one»;
  • «F1» filmidan «Drive»;
  • «Billi Aydol o‘lishi kerak» («Billy Idol Should Be Dead») filmidan «Dying to live»;
  • «Yovuzlik: yaxshilik uchun» («Wicked: For Good») filmidan «The girl in the bubble»;
  • «Keypop jin ovchilari» («KPop Demon Hunters») filmidan «Golden»;
  • «Yuqoridan pastga» («Highest 2 Lowest») filmidan «Highest 2 Lowest»;
  • «Gunohkorlar» («Sinners») filmidan «I lied to you»;
  • «Gunohkorlar» («Sinners») filmidan «Last time (I seen the sun)»;
  • «Yovuzlik: yaxshilik uchun» («Wicked: For Good») filmidan «No place like home»;
  • «Uollis oroli haqidagi ballada» («The ballad of Wallis island») filmidan «Our love»;
  • «Meni yaxshi nurda ko‘rishga keling» («Come see me in the good light») filmidan «Salt then sour then sweet»;
  • «Viva Verdi» filmidan «Sweet dreams of joy».

Eng yaxshi xorijiy film

Argentina — «Belén» / Foto: ijtimoiy tarmoq
  • Argentina — «Belén»;
  • Braziliya — «Maxfiy agent» («The secret agent»);
  • Fransiya — «Bu shunchaki tasodif edi» («It was just an accident»);
  • Germaniya — «Qulash tovushi» («The sound of falling»);
  • Hindiston — «Uyga qaytish» («Homebound»);
  • Iroq — «Prezident torti» («The President’s Cake»);
  • Yaponiya — «Milliy boylik» («Kokuho»);
  • Iordaniya — «Sizdan qolgani» (All that’s left of you»);
  • Norvegiya — «Sentimental qiymat» («Sentimental value»);
  • Falastin — «Falastin 36»;
  • Janubiy Koreya — «Istisno usuli» («Eojjeolsugaeopda»);
  • Ispaniya —«Sirat» («Sirat»);
  • Shveytsariya — «Tungi smena» («Heldin»);
  • Tayvan — «Chapaqay qiz» («Left-handed girl»);
  • Tunis — «Hind Rajab ovozi» («The voice of Hind Rajab»);

Eng yaxshi ovoz

«Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash») / Ekran tasviri videodan olindi
  • «Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash»);
  • «F1»;
  • «Frankenshteyn» («Frankenstein»);
  • «Missiya: Imkonsiz» («Mission: Impossible»);
  • «Jangu jadal» («One battle after another»);
  • «Gunohkorlar» («Sinners»);
  • «Sirat»;
  • «Springstin: Meni yo‘qlikdan qutqar» («Springsteen: deliver me from nowhere»);
  • «Superman»;
  • «Yovuzlik: yaxshilik uchun» («Wicked: For Good»).

Eng yaxshi vizual effektlar

«Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash») / Foto: ijtimoiy tarmoq

«Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash»);
«Elektrik shtat» («Electric state»);
«F1»;
«Frankenshteyn» («Frankenstein»);
«Yura davri olami: qayta tug‘ilish» («Jurassic world: rebirth»);
«Yo‘qolgan avtobus» («The lost bus»);
«Gunohkorlar» («Sinners»);
«Superman»;
«Tron: Ares»;
«Yovuzlik: yaxshilik uchun» («Wicked: For Good»).

Shuningdek, animatsion, hujjatli va qisqa metrajli filmlar bo‘yicha ham keng short-listlar e’lon qilingan. Kino muxlislari endi yanvardagi rasmiy nominatsiyalarni kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Oltin Humo»: 2025-yilning eng yaxshi o‘zbek filmlari e’lon qilingandi. 2019-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu taqdimot joriy yilda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Taqdirlash marosimiga jami 62 ta film taqdim qilingan bo‘lib, ular orasida 25 ta badiiy, 21 ta hujjatli va 16 ta animatsion film bor.

Shuningdek