Eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ildi — statistika

eʼlon qilindi
Viloyat ko‘rsatkichi umumiy tug‘ilishlarning 12,2 foizini tashkil qiladi
2025-yilda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ildi / Foto: Pexels.com

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 ming nafar tug‘ilish qayd etildi. Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida ro‘yxatga olingan – 80,9 mingta.

Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati – 75 ming nafar tug‘ilish, Farg‘ona viloyati esa 74 ming nafar tug‘ilish bilan qayd etildi.

Surxondaryo viloyatida 61 ming, Andijon viloyatida 60 ming hamda Namangan viloyatida 57 mingta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan. Toshkent viloyatida 49 mingta, Toshkent shahrida esa 47,7 mingta chaqaloq tug‘ilgani aytildi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida 33 mingta, Buxoro viloyatida 32 mingta, Jizzax viloyatida 28 mingta, Navoiy viloyatida 18 mingta va Sirdaryo viloyatida 15,8 mingta tug‘ilish kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «Shajara» axborot tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek