O‘zbekistonda dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
20–21-dekabr, shanba va yakshanba kunlari
18-dekabr dayjesti
Foto: Kursiv Uzbekistan / Asadbek Komilov

20–21-dekabr, shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0–5 daraja sovuq, kunduz kunlari esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol g‘arbdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.

Toshkent shahrida bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 1–3 daraja iliq bo‘ladi. Shanba kuni asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushadi, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol kuchsiz bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda birinchi qor yoqqani haqida fotoreportaj tayyorlagandi.

Shuningdek