O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasi hajmi 818 trln so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi
Moliya va axborotlashtirish xizmatlari o‘sish sur’atlari bo‘yicha mamlakatda yetakchilik qilmoqda
Foto: Vikipediya

2025-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmi 818,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha eng yuqori dinamika moliya sohasida qayd etildi, o‘sish sur’ati 124,5 foizga yetgan. Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish (119,6 foiz) hamda ijara xizmatlari (119,4 foiz) yuqori o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyish etgan.

Sog‘liqni saqlash va arxitektura sohalaridagi xizmatlar hajmi ham mos ravishda 115,4 foiz va 114,6 foizga oshgan. Hisobot davrida transport va savdo xizmatlari 113,4 foiz, ta’lim sohasidagi xizmatlar esa 113,0 foiz o‘sishni ko‘rsatgan.

Nisbatan past o‘sish foizini ko‘chmas mulk (111,4) hamda ovqatlanish (108,8) sohalari ko’rsatgan bo’lsa, ta’lim sohasi eng past ko‘rsatgichni qayt etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek