
Fransiyaning «PSJ» klubi 2025-yil yakunlariga ko‘ra bir kalendar yili davomida oltita sovrin yutgan dunyodagi uchinchi jamoaga aylandi.
Luis Enrike shogirdlari 2025-yil davomida o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlar Fransiya chempionati, kubogi va superkubogi, Yevropa chempionlar ligasi hamda UEFA superkubogida zafar quchdi. Parij jamoasi Qit’alararo kubok finalida «Flamengo»ni mag‘lub etdi va tarixiy olti karra g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Bunday natijaga shu vaqtga qadar faqat ikki jamoa erisha olgan edi. 2009-yilda Pep Gvardiola qo‘l ostidagi «Barselona» hamda 2020-yilda Xans-Diter Flik boshchiligidagi «Bavariya» klublari barcha oltita sovrinni bir yilda qo‘lga kiritgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «PSJ» Mbappega 60 mln yevro to‘lashi haqida xabar bergan edi.