Yangi yilning bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum qilindi

Yangi yil arafasida va undan keyin Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi maydon hamda bog‘larda archalar o‘rnatiladi. Bosh archa esa Milliy kutubxona yaqinida bo‘ladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Asosiy bayram tadbirlari 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha har kuni soat 11:00 dan 23:00 ga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, quyidagi manzillarda ham bayram tadbirlari tashkil etiladi:
Yunusobod tumani
- Rixsiliy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi («Yunusobod Gallery» majmuasi)
25-dekabr — 10-yanvar | soat 17:00 — 21:00
Bektemir tumani
- «Compass» savdo majmuasi
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 22:00
- «Coca-Cola Garden» bog‘i
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 22:00
Mirobod tumani
- Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
21-dekabr — 4-yanvar | soat 16:00 — 22:00
Mirzo Ulug‘bek tumani
- «Central Park»
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 22:00
- «Yangi O‘zbekiston bog‘i» hududi
25-dekabr — 10-yanvar | soat 16:00 — 22:00
Sergeli tumani
- So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi hamda Yangi Sergeli istirohat bog‘i
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 22:00
Olmazor tumani
- «Asia.uz» supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri)
25-dekabr — 10-yanvar | soat 16:00 — 22:00
Uchtepa tumani
- Uchtepa tumani hokimligining oldi qismi
25-dekabr — 5-yanvar | soat 16:00 — 20:00
Chilonzor tumani
- «Dream Park» («G‘afur G‘ulom») madaniyat va istirohat bog‘i
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 22:00
- «Humo Arena» muz saroyi oldi maydoni
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 23:00
- «Magic City» bog‘i
20-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 23:00
- Al-Xorazmiy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 22:00
Shayxontohur tumani
- «Anhor Lokomotiv» bog‘i
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 22:00
- «Tashkent City» majmuasi
21-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 23:00
Yashnobod tumani
- «Ashxobod» sayilgohi
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 20:00
Yakkasaroy tumani
- «Next» savdo majmuasi
25-dekabr — 10-yanvar | soat 16:00 — 22:00
- Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining xorijiy davlatlar urf-odatlari, milliy hamda madaniy an’analari aks ettirilgan pavilyonlar hududi
25–30-dekabr | soat 16:00 — 19:00
Yangihayot tumani
- Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
25-dekabr — 10-yanvar | soat 11:00 — 22:00
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘z blogida kelayotgan Yangi yil bayrami arafasida mutolaa qilish uchun 2025-yilda o‘qigan eng yaxshi besh kitobi ro‘yxatini e’lon qilgandi.