Jamoat transporti harakatini ko‘rsatuvchi ilovalarda 22-dekabrgacha uzilishlar bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
«Uzbusmonitoring» axborot tizimida texnik va profilaktika ishlari olib boriladi
Jamoat transporti harakatini ko‘rsatuvchi ilovalarda vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi / Rasm Transport vazirligi

Jamoat transporti harakatini ko‘rsatuvchi ilovalarda vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 20–22-dekabr kunlari «Uzbusmonitoring» axborot tizimida texnik va profilaktika ishlari olib boriladi. Shu sababli jamoat transporti avtobuslarining harakatini real vaqt rejimida ko‘rsatib beruvchi mobil ilovalar va onlayn xizmatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Avvalroq Toshkentga kirish nuqtalarida yangi avtoturargohlar tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, shahar kirish nuqtalari va chegaraga yaqin hududlarda zamonaviy va qulay turargohlar tashkil etiladi. Bu turargohlar shahar atroflaridan kelayotgan haydovchilarga avtomobilini shu yerda qoldirib, manziliga metro yoki avtobus orqali tez va xavfsiz yetib borish imkonini beradi.

Shuningdek, mazkur avtoturargohlar majburiy emas. Haydovchilar o‘z xohishiga ko‘ra, avtomobilini qoldirishi yoki shahar ichiga kirishda davom etishi mumkin.

Shuningdek