O‘zbekistonda Disneyland, Toshkent bozorlarida Yangi yil savdo yarmarkalari — 20-dekabrning muhim hodisalari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan tomonidan 20-dekabrning muhim hodisalari jamlandi
20-dekabrning muhim hodisalari / Foto: Kursiv Uzbekistan/ Asadbek Komilov

O‘zbekistonda ham Disneyland barpo etilishi mumkin, Toshkent bozorlarida Yangi yil savdo yarmarkalari ishga tushdi — Kursiv Uzbekistan tomonidan 20-dekabrning muhim hodisalari jamlandi.

Kelgusida O‘zbekistonda ham Disneyland tematik bog‘i barpo etilishi mumkin

Kelgusida O‘zbekistonda ham Disneyland tematik bog‘i barpo etilishi mumkin
Kelgusida O‘zbekistonda ham Disneyland tematik bog‘i barpo etilishi mumkin / Foto: Disneyland

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva joriy yilning 19-dekabr kuni «The Walt Disney Company» kompaniyasining vitse-prezidenti, yetti karra «Emmi» mukofoti sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashdi. Unda Toshkent shahrini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish masalalari muhokama qilindi.

«Markaziy Osiyo – Yaponiya» raqamli xabi yaratilishi mumkin

Foto: prezident matbuot xizmati

«Markaziy Osiyo – Yaponiya» raqamli xabi – raqamli yechimlar, sun’iy intellekt, «buyumlar interneti», kiberxavfsizlik va innovatsion iqtisodiyot sohalarida koʻp tomonlama hamkorlik platformasi yaratilishi mumkin. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahrida boʻlib oʻtgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinchi sammitida nutq soʻzladi.

Jamoat transporti harakatini ko‘rsatuvchi ilovalarda 22-dekabrgacha uzilishlar bo‘lishi mumkin

Rasm Transport vazirligi

20 – 22-dekabr kunlari «Uzbusmonitoring» axborot tizimida texnik va profilaktika ishlari olib boriladi. Shu sababli jamoat transporti avtobuslarining harakatini real vaqt rejimida ko‘rsatib beruvchi mobil ilovalar va onlayn xizmatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

«JOGMEC» ishtirokida Oʻzbekistonda oʻta muhim mineral konlar oʻzlashtirilishi kutilmoqda

«JOGMEC» ishtirokida Oʻzbekistonda oʻta muhim mineral konlar oʻzlashtiriladi
Foto: JOGMEC

«JOGMEC» ishtirokida Oʻzbekistonda yangi oʻta muhim mineral konlar oʻzlashtirilishi rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo + Yaponiya» sammiti doirasida koʻp tomonlama biznes forumida ishtirok etdi.

Toshkent bozorlarida Yangi yil savdo yarmarkalari ish boshladi

Yangi yil bayrami arafasida va bayram kunlari aholini asosiy oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi barcha dehqon bozorlarida Yangi yil savdo yarmarkalari tashkil etildi. Savdo yarmarkalari 2026-yil 10-yanvargacha faoliyat yuritadi.

O‘zbekistonda Yaponiyaning Sukuba universiteti faoliyat boshlaydi

O’zbekistonda Yaponiyaning Sukuba universiteti faoliyat boshlaydi
Foto: University of Tsukuba

Shavkat Mirziyoyev Tokiodagi rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya ta’lim va fan sohasidagi rahbarlar hamda yetakchi universitetlar vakillari bilan uchrashdi. Unda oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo bitim, Sukuba universiteti bilan O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum hamda ilmiy hamkorlik va kadrlar tayyorlashga oid boshqa hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 12 mlrd dollarlik yangi loyihalar portfeli shakllantirildi

Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 12 mlrd dollarlik yangi loyihalar portfeli shakllantirildi. Tokioda prezident Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin

Dam olish kunlari ayrim banklar aholiga qulaylik yaratadi
Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin / Foto: ijtimoiy tarmoq

Markaziy bank dam olish kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator tijorat banklarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari davom etishini ma’lum qildi.

21-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Ertaga Toshkentda qor yog‘adimi / Foto: Kursiv Uzbekistan/ Asadbek Komilov

21-dekabr kuni respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Harorat ko‘rsatkichlari hududlar bo‘yicha asosan kechasi sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan 19-dekabrning muhim yangiliklarini e’lon qilgandi.

Shuningdek