Abduqodir Husanov «Real Madrid»ga o‘tishi mumkin — OAV

Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» jamoasi himoyachisi, o‘zbekistonlik Abduqodir Husanovni ijaraga olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Ispaniyaning Fichajes nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» uchun ustuvor vazifa himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘lib, moliyaviy balansni buzmasdan va kelajakdagi strategik transferlarga xavf tug‘dirmasdan amalga oshirilishi muhim hisoblanadi. Shu sababli Husanovni ijaraga olish variantini optimal yechim sifatida ko‘rib chiqmoqda.
«Manchester Siti» klubida futbolchidan umid qilinmayapti va ular muzokaralarga tayyor. Madrid klubida esa Husanovning quyidagi asosiy talablar bilan mos kelishi ta’kidlanmoqda: u yosh, yuqori salohiyatga ega, jiddiy xavf tug‘dirmaydi va tez moslashadi.
Bundan tashqari, «Real» Osiyo bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga qiziqish bildirgan, bu esa klub brendini rivojlantirish nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 21 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi barcha turnirlarda «Manchester Siti» safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov o‘ynagan bahsda «Manchester Siti» g‘alaba qozongan edi.