Yangi imkoniyatlar bilan to‘ldirilgan BMW X6 taqdim etildi

22-dekabr 2025 09:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi imkoniyatlar bilan to‘ldirilgan BMW X6 taqdim etildi
Foto: Manhart

Germaniyaning mashhur Manhart avtoustaxonasi BMW X6 xDrive40i bazasida yangi tyuning loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Auto.ru xabar bermoqda.

Loyihaga MHX6 500 indeksi berilgan. Asosiy yangilik – quvvatning 381 ot kuchidan 480 ot kuchigacha oshirilishi. Aylanish momenti ham 520 Nm dan 630 Nm gacha ko‘tarilgan. Texnik o‘zgarishlar qatoriga maxsus to‘rt trubali, klapanli sport chiqindi tizimi, zamin balandligi pasaytirilgan yangilangan osma va 22 dyuymli g‘ildiraklar kiradi.

Foto: Manhart

Krossoverning tashqi ko‘rinishi yanada agressiv bo‘lib, orqa diffuzor va yukxonaga o‘rnatilgan ixcham spoyler bilan ta’minlangan.

Rul spitsalari va uzatmalarni boshqarish lepestkalariga karbon qoplamalar o‘rnatildi. Mahalliy o‘zgarishlar sport ruhini kuchaytirib, avtomobilning umumiy konsepsiyasiga mos keladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 50 yillik tarixga ega BMW 3 seriyasining sakkizinchi avlodi ishlab chiqarilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek