Turkiya parlamentida ommaviy mushtlashuv yuz berdi — video

eʼlon qilindi
To‘qnashuv 2026-yilgi budjet qabul qilinganidan so‘ng boshlangan
Foto: Dünya Gazetesi

Turkiya parlamenti majlisida 2026-yilgi davlat budjeti qabul qilinganidan so‘ng AK Partiya va CHP deputatlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Haberler xabar bermoqda.

Parlament yalpi majlisida 2026-yilgi Markaziy boshqaruv budjeti va 2024-yilgi yakuniy hisob qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, hujjat 320 ta ma’qul va 249 ta qarshi ovoz bilan qabul qilindi. Biroq rasmiy jarayon tugashi bilan zalda keskinlik ortdi.

Janjal CHP fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Murat Emirning AK Partiya Bursa deputati Mustafa Varank tomon yurishi bilan boshlangan. Ikki siyosatchi o‘rtasidagi og‘zaki tortishuvga boshqa partiyadoshlarning qo‘shilishi natijasida vaziyat tezda ommaviy mushtlashuvga aylangan.

Bosh assambleya zalining markazida yuzaga kelgan tartibsizlik boshqa deputatlarning aralashuvi bilan qiyinchilik evaziga to‘xtatildi. Ayni paytda jarohatlanganlar haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiya kompaniyasi SamAuto‘ning 75,2 foizlik davlat ulushini sotib olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek