Xiaomi 17 Ultra smartfonining rasmiy dizayni taqdim etildi

22-dekabr 2025 10:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 17 Ultra smartfonining rasmiy dizayni taqdim etildi
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi tomonidan Xiaomi 17 Ultra smartfonining rasmiy dizayni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Model 25-dekabr kuni ommaga namoyish etiladi. Model markaziy joylashuvdagi doira shaklidagi kamera blokiga ega bo‘lib, uning markazida Leica logosi bor. Orqa panelning yuqori chap qismida Ultra belgisi joylashtirilgan. Ovoz boshqaruv tugmalari endi alohida dumaloq shaklda bo‘ladi.

Qurilma tekis displeyga o‘tgan, burchaklari yumaloqlashtirilgan, kamera qavariqligi esa biroz kichraygan. Avvalgi Ultra modellarida bo‘lgan ikkilamchi orqa ekran endi qo‘llanilmaydi.

Kamera tizimida uchta modul bo‘ladi:

  • 1 dyuymli OmniVision OV50X asosiy sensor; (LOFIC texnologiyasi bilan);
  • 200 megapikselli Samsung periskop telefoto, Leica APO optikasi bilan;
  • keng diapazonda uzluksiz optik zum, uzoqdan yuqori tiniqlikda va makro rejimlarda sifatli suratlar olish imkoniyati.
Foto: Xiaomi

Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 platformasida ishlaydi, katta sig‘imli 6800 mA/soat akkumulyator, 100 Vt simli va 80 Vt simsiz tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlashi ehtimol qilinmoqda. Shuningdek, chang va suvdan himoya, UWB va sun’iy yo‘ldoshga ulanish funksiyalari yuqori versiyalarda bo‘lishi mumkin.

Komponentlar narxining oshgani tufayli boshlang‘ich narx ham ko‘tarilishi aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 6999 yuan (taxminan $999) narxidan boshlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Ultra flagman smartfonining ilk suratlari paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek