«Uyda yolg‘iz» filmidagi uyning nonli nusxasi Ginnesga kirdi

eʼlon qilindi
Uyni qurish uchun 3,3 tonna bug‘doy uni va 6600 dan ortiq tuxum ishlatilgan
Foto: Disney Plus

«Uyda yolg‘iz» filmidagi binoga o‘xshash zanjabilli nonli uy Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Laughing Place xabar berdi.

U Los-Anjelesda qurilgan. Loyiha Disney+ va Hulu tomonidan filmning 35 yilligini nishonlash uchun yaratilgan. Ushbu inshootning uzunligi taxminan 10,4 metr, kengligi 17,7 metr va balandligi 6,7 metrdan oshadi. Hajmi 1267 kubometr bo‘lgan uy sakkiz kun ichida 4200 ta zanjabilli «g‘isht»dan yig‘ilgan.

Qurilish materiallarini yaratish uchun 3,3 tonna bug‘doy uni va 6600 dan ortiq tuxum ishlatilgan. Bo‘laklar eyiladigan «yelim» bilan bir-biriga mahkamlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ginnesning rekordlar kitobi dunyodagi eng keksa erkak sifatida braziliyalik Juan Marino Netuni tan olgandi. U yaqinda o‘zining 113 yoshini qarshi oldi.

Shuningdek