Qozog‘istonda shahar hokimi o‘zini o‘ldirdi

eʼlon qilindi
Uning jasadi o‘zining uyidan topilgan
Foto: gov.kz

Qozog‘istonning Temir shahar hokimi Erkin Dalmagambetov o‘z joniga qasd qildi. Bu ma’lumotni Aqto‘be viloyati politsiya boshqarmasi ham tasdiqladi.

«O‘z joniga qasd qilish holati bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergov harakatlari olib borilmoqda. Hodisaning holatlari o‘rganilmoqda», — deyiladi bayonotda.

Amaldorning jasadi 20-dekabr kuni kechqurun soat 21:00 da o‘zining uyidan topilgan. Hozirda keng qamrovli tergov olib borilmoqda.

Tergov manfaatlarini ko‘zlab, boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmayapti. Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, boshqa hech qanday ma’lumot e’lon qilinishi mumkin emas.

Olti bolaning otasi bo‘lgan Erkin Dalmagambetov 46 yoshda edi. U 2024-yil 3-iyundan beri Temir shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan.

O‘tgan yilning dekabr oyida Aqto‘be viloyatidagi tuman mudofaa boshqarmasi boshlig‘i o‘z joniga qasd qilgandi.

Shuningdek, «Kursiv» Moskva viloyatining Odintsovo tumani hududida Rossiyaning sobiq transport vaziri Roman Starovoytning jasadi o‘qotar quroldan jarohatlangan holda topilgani haqida ham yozgandi.

Shuningdek