O‘zbekiston SIga tayyorgarlik indeksida 25 pog‘onaga yuqoriladi

Oxford Insights xalqaro tahlil markazi tomonidan e’lon qilingan sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksi (AI Readiness Index) natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston so‘nggi ikki yil ichida o‘z o‘rnini 25 pog‘onaga yaxshiladi.
Xususan, mamlakat 2023-yilda ushbu indeksda 87-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024 yilda 70-o‘ringa ko‘tarilgan. 2025-yil yakunlariga ko‘ra esa O‘zbekiston yana 8 pog‘ona yuqorilab, 62-o‘rinni qayd etdi..
Ma’lumot uchun, AI Readiness Index davlatlarning sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan samarali foydalanishga tayyorgarlik darajasini baholaydi. Reyting davlat boshqaruvi sifati, texnologik infratuzilma, inson kapitali, ma’lumotlar siyosati hamda innovatsion muhit kabi asosiy mezonlar asosida shakllantiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Global innovatsiya indeksi (GII) 2025-yilgi reytingida Oʻzbekiston 139 ta mamlakat ichida 79-oʻrinni egallagan edi.