23-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi

23-dekabr yig‘ilish va muloqot belgisi ostida o‘tadi. Kun aniq so‘zlar, o‘z vaqtida qilingan tanaffuslar va boshqalar bilan birgalikda harakat qilish qobiliyati haqida. 23-dekabr, seshanba kuni uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)
Jamoangizdagi mavqeingizni mustahkamlash uchun ko‘p harakat qiling, bu albatta o‘z samarasini beradi. Ko‘plab hamkasblar sizning tinimsiz mehnatingiz va kasbiy mahoratingizga yuqori baho berib, hurmatingizni yana da oshirishadi. Lekin muhabbat masalasida oilasizlar bo‘lar-bo‘lmas odamlardan maslahat so‘rashdan tiyiling. Bu sohada o‘zingiz harakat qilib, munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishingiz kerak bo‘ladi.
Buzoq (21.04 – 20.05)
Bugun hamkasblar professional yondashuvingizni yuqori baholashadi. Ishda rejali harakat qilganlarni omad quchadi. Muhabbat masalasida esa juft izlashni bas qiling. Bu masalada sabrli va faol bo‘lganingiz yaxshiroq natija olib keladi. Juftingiz bilan munosabatni yangi bosqichga olib chiqish imkoni paydo bo‘lishi mumkin. Bugun istalgan ishni bajarishda e’tiborli bo‘ling. Agar yaqinda haydovchilikka doir hujjat olgan bo‘lsangiz, serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘lib harakat qiling. Kechki payt toza havoda sayr qilish foydali bo‘ladi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)
Kun oxirida o‘zingizning qadringizni tushirib qo‘yadigan harakatlardan saqlaning. Hurmatni yo‘qotish oson, tiklash esa ancha qiyin. Shirin xayollar sizga ilhom berishi mumkin, lekin ularga berilib, real hayotni unutmang. Agar surunkali xastalikka ega bo‘lsangiz, davolanishni kechiktirmang va ruhiy tinchlikni saqlashga harakat qiling.
Arslon (23.07 – 22.08)
Ijodiy fikrlar kun davomida miyangizni chirmab olishi mumkin. Ulardan foydalanib, yangi loyihalarga qadam qo‘ying. Agar juftingiz sizdagi o‘zgarishlarni payqamasa, xafa bo‘lmang, ba’zan sukut ham sevgiga xizmat qiladi. Salomatlikda e’tiborsizlik qilmang.
Parizod (23.08 – 23.09)
Yaqin o‘tmishda yakunlanmay qolgan ishlarga yana bir bor qaytishingizga to‘g‘ri keladi. Mayda ishlar bo‘ladimi yoki katta moliyaviy muammolarmi, baribir ularni hal etishingiz shart. Aks holda oldinga intilishda kutilgan natijalarga erishish qiyinlashadi. Agar birovdan qarzdor bo‘lsangiz, kechiktirmay qaytaring. Bankdan yirik kredit olish fikrini o‘ylamang, bu sizga jiddiy qiyinchilik keltirishi mumkin. Salomatlikni mustahkamlash uchun oqsilga boy ovqatlarni ko‘proq iste’mol qiling.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)
Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham tanaffuslar e’lon qiling. Bu siz uchun juda zarur. Shaxsiy hayotingizda qandaydir mistik voqealarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy ahvolingiz negadir juda qiyinchilik bilan ijobiy hal bo‘ladi. Ovqatlanish rejimini buzmang, gazli ichimliklardan yuz buring.
Chayon (24.10 – 22.11)
Ruhiy jihatdan kuningiz og‘irroq kechishi mumkin. Birgina o‘ylamay aytilgan gap qarindoshlar bilan munosabatlarni buzishi ehtimoli bor, shuning uchun o‘zingizni tiyib, o‘ylab harakat qiling. Kunning ikkinchi qismida olisda yashaydigan qarindoshlaringiz mehmon bo‘lib kelishi mumkin. Shuningdek, xususiy mulk bilan bog‘liq bir masala ham ko‘tarilib, uni hal etishga to‘g‘ri keladi.
O‘qotar (23.11 – 21.12)
Ijodiy fikrlar kun davomida miyangizni chirmab olishi mumkin. Ulardan foydalanib, yangi loyihalarga qadam qo‘yishingiz mumkin. Salomatligingizga e’tibor bering: bosh og‘rig‘i, holsizlik kabi belgi sezilsa, dam oling.
Tarozi (24.09 – 23.10)
Ishdagi munosabatlarda ehtiyot bo‘ling. Kimning nima demoqchi ekanini to‘g‘ri anglashga harakat qiling. Kechqurun madaniy dam olish ruhiyatingizni boyitadi. Teatr yoki konsert dasturlari orqali ilhom oling. Muhabbatda esa samimiylikni ustuvor qiling.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)
Kuningiz turli tashvish va uchrashuvlarga boy o‘tadi. Yangi ishlarga kirishish va kutilmagan muloqotlar mavqeyingizni oshirishga zamin yaratadi. Faqat shoshma-shosharlikka berilmang, kuch-g‘ayratingiz hali sizga juda kerak bo‘ladi. Ora-orada dam olishni unutmang, sevimli xobbingizga vaqt ajrating, bu ruhingizni tiklaydi. Tadbirkorlar uchun kunning ikkinchi yarmidan boshlab muhim kelishuvlar va samarali muzokaralar yuz berishi ehtimoldan xoli emas.
Baliq (19.02 – 20.03)
Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham barqarorlik asosiy ahamiyatga ega. Har qanday vaziyatda xotirjamlikni saqlashga harakat qiling. Yangi fikrlar va imkoniyatlar paydo bo‘lishi mumkin, ularni oddiy, to‘g‘ri yo‘l bilan baholang. Moliyaviy qarorlarda ehtiyotkorlik qo‘l keladi, shoshilmang. Kechki paytda toza havoda sayr qilish ruhiyatingizga foydali bo‘ladi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)
Bugun kuningiz garmoniya va xushchaqchaqlikka boy bo‘lishi kutilmoqda. Ayniqsa, moddiy jihatdan ahvolingiz a’lo darajada kechadi. Muhim hujjatlar bilan ishlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz ehtimoli bor. Xatoliklarni tuzatish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun tashqi voqeliklarga chalg‘imaganingiz ma’qul. Hali oila qurishga ulgurmaganlar kechki payt romantik tanishuv, ketidan shunday ko‘rinishdagi uchrashuvni boshdan o‘tkazishlari mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.