Olovli Ot yili uchun Yangi yil tabriknomalari to‘plami

23-dekabr 2025 12:13 eʼlon qilindi

Lalita Kim

Lalita Kim

Muxbir
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Yangi yil tabriknomalari
Rasm: Kursiv Uzbekistan

2026-yil arafasida shaharlar sehrli chiroqlar nuri bilan yastanib, mo‘jizani kutish kayfiyati kundalik tashvishlarni ortda qoldiradi. Bu iliq tuyg‘ularni yaqinlaringiz bilan bo‘lishing! Bayramona tanlovimizda dekabrning qirovli nafasi, o‘yinchoqlar jilosi va Olovli Ot yilining qudratli energiyasi mujassam. Kursiv Uzbekistan 2026-Yangi yilga bag‘ishlangan o‘ziga xos tabriknomalarni taqdim etadi. Ularni do‘stlaringiz, yaqinlaringiz va qadrdonlaringizga yuboring.

Yaqinlar va do‘stlar uchun yangi yil tabriknomalari

Uyingizga totuvlik, qalbingizga nur!

Uyingizda yorug‘lik, iliqlik va hamjihatlik hukm sursin.

Yilni g‘alaba bilan to‘ldiramiz!

Qiyinchiliklar sizni chetlab o‘tsin, muvaffaqiyat esa siz tomon shoshilsin.

Faqat olg‘a – otashin muvaffaqiyatlar sari!

Olovli ot sizni yangi ufqlarga yetaklasin.

Cheksiz imkoniyatlar yili!

2026-yil imkoniyatlarga boy bo‘lsin.

2026-yil energiyasi maksimal darajada!

Olovli ot tezkor rivoj va ilhom olib kelsin.

2026-yilda ilhom to‘lqinini tutamiz!

Bu yil sizga iliqlik, ishonch va ilhom baxsh etsin.

Tezlik, harakat va olov harorati!

2026-yil otdek tez, olovdek issiq bo‘lsin! Bayramingiz bilan!

Yangi ufqlar sari shiddat bilan!

Iliq, shinam va baxtli Yangi yil tilaymiz!

Omad siz tomon shoshilmoqda!

Omad sizga hamisha hamroh bo‘lsin.

Katta yutuqlar yili ochiq deb e’lon qilinadi!

Yangi yil mo‘jizalarini, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Sehrli Yangi yil kechasida olovli ot eng katta orzularingizni amalga oshirsin.
2026-yilning har kuni quvonch, iliqlik va nurga toʻlsin.
Yangi yil bilan! Olovli ot jasorat va olgʻa intilish ramzi boʻlsin.
Yorqin va shiddatli Yangi yil tilaymiz!
Yangi yilingiz bilan! Olovli ot yangi gʻoyalar olib kelsin.
Yangi yilda ilhom, kuch-quvvat va ishonch tilaymiz.
Bayram quvonch, yil esa oʻsish va rivoj olib kelsin.
Yorqin yil tilaymiz! Olovli ot yangi gʻalabalar uchun kuch-quvvat bersin.
2026-yil katta yutuqlar yili boʻlsin!

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi yilning bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek